9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:50 / 04.08.2019 11004

Otishmalar kuni: AQShda bir sutka ichida uch joyda otishma sodir bo‘ldi

Foto: AP Photo / LM Otero

Chikagodagi parkda joylashgan bolalar maydonchasida otishma sodir etilishi natijasida yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 1:20da yuz bergan. Noma'lum shaxs Chevrolet Camaro avtomobilida parkdagilarga qarata o‘q uzgan.

Bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan uchinchi otishma holatidir. Avvalroq El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi. Ularning aksariyati kasalxonaga og‘ir ahvolda keltirilgan.

NBC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, otishmani sodir etgan 21 yoshli erkak qo‘lga olindi. 

Keyinroq esa Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxslardan biri o‘ldirilgan, politsiya ikkinchi jinoyatchini qidirmoqda.

Top