9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:36 / 04.08.2019 12165

Rossiyalik shansonchi Villi Tokarev vafot etdi

Rossiyalik taniqli qo‘shiqchi va bastakor Villi Tokarev 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning o‘g‘li xabar berdi.

Qo‘shiqchining o‘limiga onkologik kasallik sabab bo‘lgan. Tokarevning dafn sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.

Villi Tokarev rus shansoni uslubida ijod qilgan. 1974 yilda AQShga ko‘chib o‘tgan va dastlab u yerda pochtachi va taksichi bo‘lib ishlagan. 1979 yilda o‘zining “A jizn — ona vsegda prekrasna” deb nomlangan ilk plastinkasini chiqargan. Biroq qo‘shiqchining bu ijod mahsuliga talab bo‘lmagan. Ammo bir necha yildan keyin uning “V shumnom balagane” deb nomlangan ikkinchi plastinkasi chiqqan va u qo‘shiqchini rus muhojirlari orasida mashhurlikka erishtirgan.

Tokarev bir necha yil davomida Nyu-Yorkning Brayton-Bich tumanidagi rus restoranlarida qo‘shiq kuylab yurgan. Uning mashhur qo‘shiqlari orasida “"Neboskreby”, “Juravli” kabilar bor. Tokarev umumiy hisobda 50 ga yaqin albom yozgan.

1989-1990 yillarda artist sobiq ittifoqqa gastrollar bilan kelgan, keyinroq esa Rossiyaga doimiy yashash uchun qaytib kelgan.

Top