19:32 / 05.08.2019
8877
Reklama

«ABC Kids» kichkintoylar uchun keng imkoniyatlar taqdim etmoqda

Kun kelib har bir ota-ona o‘z farzandini bog‘chaga berish haqida bosh qotiradi. Bunga ko‘nikishning o‘zi juda qiyin: ko‘pchilik kichkinaligida maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tgan yoqimsiz xotiralarini eslab, xavotirga tushadi. Bolalar asosiy vaqtini uydan tashqarida o‘tkazgani bois, ota-onalarni ularning xavfsizligi o‘ylantiradi.

Yaxshiyamki, bugungi kunda xususiy bog‘chalar tashkil etilmoqda.

Agar siz o‘z farzandingizga innovatsion va barcha shart-sharoitlarga ega bog‘cha qidirayotgan bo‘lsangiz, siz uchun ajoyib yangilik – poytaxtimizda «ABC Kids» nomidagi xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.

Bu yerda bolajonlar o‘zlarini mutlaqo xavfsiz his qilishadi. Yuqori malakali mutaxassislar jamoasi kichkintoylarning ovqatlanish ratsionini nazorat qilish bilan bir qatorda, ularning sog‘ligi haqida ham g‘amxo‘rlik qilishadi. Barcha mashg‘ulot xonalari zamonaviy talablar bo‘yicha jihozlangan. Shunday ekan, «ABC Kids» bog‘chasi aynan siz uchun!

Bundan tashqari, sizda chegirmani qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud. Chunki «ABC Kids» tomonidan birinchi tashkil etilgan guruhning 20 nafar a'zosiga 20 %lik chegirmalar taqdim etiladi:

  • To‘lov oyiga 1.500.000 so‘m bo‘lib, chegirma bilan 1.200.000 so‘m bo‘ladi.

Tarbiyachilar rahbarligi ostida bolalar o‘z dunyoqarashini kengaytiradi, har tomonlama bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, maktabga to‘liq tayyorgarlik kursini o‘tishadi.

Bog‘chamizda bolajonlarning jismoniy harakatchanligini oshirishga qaratilgan mashqlar kun davomida olib boriladi. O‘yinlar, musiqa darslari, ritmika mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Bu hali hammasi emas. Kichkintoylarning har tomonlama rivojlanishi uchun ta'lim jarayoni interaktiv o‘yin shaklida olib boriladi.

«ABC Kids» bog‘chasida kichkintoyingiz uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • har bir bola uchun individual yondashuv;
  • 5 mahallik to‘g‘ri ovqatlanish ratsioni;
  • yuqori malakali xodimlar;
  • maktabga tayyorlash kurslari;
  • ingliz tili;
  • logoped (defektolog);
  • qo‘l motorikasini rivojlantirish orqali aqliy faoliyatni shakllantirish;
  • shaxmat;
  • massaj;
  • gimnastika;
  • taekvondo;
  • suzish;
  • yoga;
  • musiqa darslari;

Bog‘chaga 1.5 yoshdan 7 yoshgacha  bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, (M.Gorkiy, Nikitina) Xirmontepa 3-tor ko‘chasi, 6-uy.

Ish vaqti: 8.00-18.00, 5 kunlik ish haftasi.

Ma'lumot uchun: +99899 8270888

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top