9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:01 / 05.08.2019 32752

«Bir o‘g‘limni shu dard sabab tuproqqa qo‘ydim. Ikkinchisiga chiday olmayman» – baxmallik otaning hasrati

Tahririyatimizga Jizzax viloyati Baxmal tumani O‘smat shaharchasida istiqomat qilib kelayotgan ota Baxtiyor Rahmonqulov o‘g‘lining og‘ir betobligi sabab yordam so‘rab murojaat qildi. Shundan so‘ng yuqoridagi manzil tomon otlandik. Baxtiyor akaning uyiga borganimizda birinchi bo‘lib e'tiborimizni tortgan narsa kamtargina uyning orqasiga osilgan yozuv bo‘ldi. Unda esa «Uy sotiladi» deb e'lon osib qo‘yilgan. Ha, bemorni davolatish uchun oila yashab turgan uyini sotuvga qo‘ygan….

Bemor va uning ota-onasi bilan suhbatlashdik. Farzandini davolatish uchun tinmay yugurayotgan, halovatini yo‘qotgan Baxtiyor akani tingladik.

«O‘glim Shohrux 1995 yilda tug‘ilgan. Ikki yarim yildan beri ikki buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan kurashmoqda. Bir o‘g‘limni shu kasallik sabab tuproqqa qo‘ydim. Endi bu farzandimni davolatish uchun bor kuchim bilan harakat qilayapman. O‘zim o‘qituvchiman. Oilada faqat men ishlar edim. Lekin farzandimni davolatish uchun yugurib, ishdan bo‘shashga majbur bo‘ldim. Endi Hindistonga olib borib buyrak ko‘chirish operatsiyasini o‘tkazishimiz kerak. Onasi o‘z buyragini bermoqchi. Ammo katta miqdordagi pulga bizning imkoniyatimiz yo‘q. Shuning uchun yaxshilardan yordam so‘rab murojaat bilan chiqishga majbur bo‘ldim. Barcha savobtalab insonlardan farzandim hayotini saqlab qolishda sababchi bo‘lishlarini so‘rab qolardim.» deydi ko‘zlarida yosh bilan Baxtiyor aka.

Xurmatli yurtdoshlar! Sizlarga havola qilayotgan ushbu xayriya aksiyamiz Baxmallik bir oddiy oilaning taqdiri. Bir farzandini xuddi shu kasallik sabab tuproqqa qo‘ygan bu oila bugun sizning ko‘magingizga muhtoj. Ularning bu og‘ir ahvoldan chiqib, oilasi baxtga to‘lishiga sababchi bo‘ling. Qilgan yaxshiliklaringiz o‘z dargohida qabul bo‘lib, oxiratingizga zaxira bo‘lsin.

Bemor Xolboyev Shohruxga oid ma'lumotlar:

AGROBANK Click/PayMe: 8600 0423 3822 4248

Ipak Yuli Bank VISA: 4023 0601 1383 7478

Bemorning onasi Gulbahor Rahmonqulova raqami: +99899 556 85 21

Teglar

Top