14:46 / 05.08.2019
16225

Bloomberg: Xitoy AQSh bilan «keskin o‘yin»ga tayyor  

Foto: Jason Lee / Reuters

Xitoy hukumati AQSh bilan savdo urushi keskinlashishi ortidan davlat kompaniyalariga AQShdan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilishni to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik manbalarining xabar berishicha, Xitoy davlat kompaniyalari allaqachon mahsulot sotib olishni to‘xtatgan va savdo muzokaralari qanday davom etishini kutishmoqda. Pekin shu yo‘l bilan Vashington bilan bahsda keskin vaziyatga tayyorligini namoyish etdi.

Xitoy mazkur choralarni AQSh prezidenti Donald Tramp 1 sentyabrdan Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritilishini e'lon qilganidan bir necha kun o‘tgach qabul qildi.  

Top