01:35 / 05.08.2019
12571

Gamper kubogi. «Barselona» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: Getty Images

«Barselona» Gamper kubogida «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Kamp Nou»da o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. 

36-daqiqada Obameyang «Arsenal»ni hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa, 69-daqiqada «Barselona» raqib futbolchisi Meytlend-Naylzning o‘z darvozasiga kiritgan goli evaziga oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Suares gol kiritib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi. 

Gamper kubogi

«Barselona» – «Arsenal» – 2:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – Obameyang (36), 1:1 – Meytlend-Naylz (69, avtogol), 2:1 – Suares (90).
«Barselona»: Neto (ter Stegen, 46), Semedu (Vage, 63), Pike (Langle, 46), Umtiti (Todibo, 46), Alba (Miranda, 63), de Yong (Buskets, 46), Rakitich (Alenya, 46), Puch (Roberto, 46), Dembele (Suares, 63), Peres (Rafinya, 46), Grizmann (Kolyado, 79).
«Arsenal»: Leno, Meytlend-Naylz, Papastatopulos (Mustafi, 86), Chembers, Monreal (Kolashinats, 46), Uillok (Sebalos, 72), Djaka (Torreyra, 83), Mxitaryan (Saka, 71), Ozil (Martinelli,73), Nelson (Genduzi, 46), Obameyang (Nketia, 86).

Top