18:06 / 05.08.2019
6744

Krasnoyarskdagi artilleriya omborida yong‘in sodir bo‘ldi, jarohatlanganlar bor

Foto: Dmitriy Skvorsov/TASS

Krasnoyarskning Kamenka qishlog‘ida joylashgan qurol-yarog‘ omborida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi "Interfaks".

Xabar qilinishicha, hozirda yaqin-atrofdagi aholi evakuatsiya qilinmoqda, voqea joyida favqulodda xizmatlar vakillari ishlamoqda.

Manbalardan birining aytishicha, harbiy qismga yaqin bo‘lgan uchta qishloq aholisi evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

RIA Novostining xabar qilishicha, yong‘in oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan.

Top