19:50 / 06.08.2019
23662

Hududiy bojxona boshqarmalari rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi F-5488-son Farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Olimjon Hamidjonovich Hojimatov Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘z navbatida, shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, bojxona xizmati polkovnigi Xayrullo Narzullayevich Fayzullayev prezident farmoyishi bilan lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi lavozimiga tayinlangan.

Top