21:02 / 06.08.2019
40509

NATO bosh kotibi Qrimning Rossiya tarkibiga qaytarilishi sababini aytdi

Foto: TASS/Zuma

Qrim Rossiya tarkibiga buyuk davlatlar o‘rtasidagi raqobat kuchaygani sababli qaytarildi. Bunday fikrni NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Yangi Zelandiyadagi Viktoriya universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazidagi nutqida bildirdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi. 

Stoltenbergning ta'kidlashicha, buyuk davlatlar o‘rtasida oshib borayotgan raqobat oqibatlari Shimoliy Koreya va Suriya bilan bog‘liq vaziyatlarda ham ko‘rinmoqda. Bu davlatlar aynan shu “poyga” sababli aziyat chekmoqda.

NATO bosh kotibining aytishicha, Rossiya Qrimni “bosib olib” hamda harbiy salohiyatini oshirib va Yaqin Sharqdagi vaziyatga aralashib, o‘z siyosatida shiddatliroq bo‘lishga qaror qildi. 

Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, shu tariqa buyuk davlatlar raqobati uzoq vaqtdan beri qaror topgan dunyo tartibiga putur yetkazmoqda va bundan O‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish shartnomasi amal qilishi to‘xtatilgani ham darak bermoqda. 

Shartnoma AQSh tashabbusi bilan 2 avgustda to‘xtatildi. Rossiya bunday qadamni barqarorsizlantiruvchi deb atab, Vashingtonga shartnoma amal qilishi muddatini uzaytirishni bir necha marotaba taklif qilgan. Biroq Moskva AQSh tomonidan ijobiy javob olmagach, shartnoma shartlarini bajarishni to‘xtatgan.

Mavzuga oid
Top