9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

15:56 / 06.08.2019 5081

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida 14ta medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

1-6-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida (IMC 2019) yurtimiz terma jamoasi a'zolari 14 ta medal va 2 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritdi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMIning 7-sinf o‘quvchisi Anvarjon Rahmatov musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Peshku tumanidagi 18-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev kumush medal, Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMIning 9-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov, Kitob tumanidagi 1-IDUMIning 10-sinf o‘quvchisi Eldor Neymatov, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMIning 7-sinf o‘quvchisi To‘ymurod Qodirov, Urganch shahridagi 6-IDUMIning 7-sinf o‘quvchisi Bekzod Maqsudov bronza medal bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, jamoaviy masala yechish musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada 41 ta davlatdan ta'lim tizimlari umume'tirof etilgan Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Gonkong, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Ruminiya, Bolgariya va h.k.lardan 500 nafardan ortiq eng iqtidorli o‘quvchilar matematikaning kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya bo‘limlariga oid murakkab va nostandart masalalarni yechishda bellashgan.

Top