13:00 / 06.08.2019
22133
Reklama

Saraton hujayralari jiddiy nazorat ostida!

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra har yili 14 million kishiga saraton tashxisi qo‘yiladi. Bu raqam yildan yilga ortib bormoqda va JSST ma'lumotlariga ko‘ra 2025 yilga kelib bunday tashxis qo‘yilgan bemorlar soni 19,3 million kishiga yetadi. Bugungi kunda o‘sma kasalliklari tufayli o‘limlar yurak qon-tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, prognozlarga ko‘ra 20 yildan so‘ng yetakchiga aylanadi.

Professor Ozlem Er ACIBADEM Maslak klinikasida onkologik kasalliklarni davolash bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, onkologik muammolar bilan kurashda eng muhim jihat aholining bu boradagi tushunchalarini oshirish va bu dard aniqlanganda imkon qadar tezroq choralar ko‘rishdir. Shifokor bunday kasalliklarni davolash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi.

Davolash uslubini tanlash hujayralardagi o‘zgarishlarga bog‘liq

Saraton – umumiy nom bo‘lib, bu dard ostida 200 dan ortiq muayyan kasalliklar yotadi. Kasallikni molekulyar strukturasiga asosan ko‘rsak, bir xil turdagi kasallik o‘zini turli shaklda namoyon etayotganini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham davolash samarasi bemor organizmidagi hujayralar mutatsiyasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olingan holda olib borilishiga bog‘liq. Aniq diagnoz to‘qimalar biopsiyasi va suyuq biopsiya tekshiruvlaridan so‘ng qo‘yiladi.

Mutatsiyalar qon tahliliga ko‘ra ko‘rinadi

Saraton (rak) sog‘lom hujayralarning zararlanishi va mutatsiyaga uchrab, haddan tashqari tez va nazoratsiz ko‘payib ketishi bilan yuzaga chiqadi. Bunday o‘zgarishlar avloddan avlodga o‘tishi yoki tashqi faktorlar sabab yuzaga kelishi mumkin.  

Fan bir joyda turmaydi va so‘nggi yillarda onkologik kasalliklar bilan kurashda ancha jiddiy siljishlarga erishildi. Lekin bu kasallikni bir xil uslub bilan davolab bo‘lmaydi va har bir holat bo‘yicha alohida yondoshuv zarur. Davolash samarasi kishi a'zosining patologik o‘zgarishlari qay darajadaligiga bog‘liq. Zamonaviy uslublarni qo‘llagan holda so‘nggi o‘n yilliklar ichida minglab bemorlarning hayoti saqlab qolindi, umr davomiyligini uzaytirishga erishildi.

Shifokorlar uchun davolash jarayonida zarur uslubni tanlashda mutatsiyaga uchragani tufayli onkologik jarayon boshlangan hujayralarning molekulyar strukturasini o‘rganish juda muhim. Saratonning hujayra darajasidagi ta'sirini o‘rgangandan keyingina va bemor organizmining holatiga ko‘ra o‘ziga xos davolash choralariga kirishiladi. Shuningdek qon tahlilini tekshirish o‘sma holatiga ko‘ra biopsiya uchun to‘qima olish mumkin bo‘lmagan holatlarda immunoterapiya ishlab chiqish uchun ko‘mak beradi.

Oz nojo‘ya ta'sirlar bilan yuqori natija

Har bir bemorga alohida yondoshuv uslubi butun dunyoda keng qo‘llaniladi. Oldin qo‘llangan uslublardan farqli ravishda bunda onkologik kasallik bilan kurashda nojo‘ya ta'sirlarni minimal darajaga tushirgan holda yuqori natija olish imkonini beradi.

Saratonning bir xil turi har xil bemorda molekulyar darajada sezilarli farq qilishi mumkin va bu holat davolash samarasiga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Tadqiqotlar natijasida olimlar ellikdan ortiq genetik mutatsiyalarni aniqlaganlar va ularning har biriga alohida dori vositalari ishlab chiqqanlar. Suyuq biopsiya bemor va undagi o‘smaga oid aniq ma'lumotlar olishga yordam beradi va shunga ko‘ra eng mos dori tanlab olinadi. Aynan mana shu sxema yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.

Davolanishga reaksiyani oldindan bilish mumkin

Bugungi kunda saratonga qarshi kurash xalqaro rahbariyati tavsiya qilayotgan molekulyar testlarni qo‘llash orqali kasallik rivojlanish tezligi va o‘smaning davolanishga reaksiyasini aniqlash mumkin. Bu uslub o‘pka rakini diagnostika qilish va olingan natijalarga ko‘ra davolash sxemasini ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek bu usul orqali keraksiz dori vositalarini qabul qilishning oldi olinadi, nojo‘ya ta'sirlar kamaytiriladi va davolanishdagi umumiy xarajatlar qisqartiriladi.

Istiqbolli ishlanmalar

Professor Ozlem Er ta'kidlashicha, kelajakda qon tahlillari seriyasi diagnostika va davolash samarasini aniqlashda yanada kengroq qo‘llaniladi. Hozirgi paytda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilmoqda. Masalan, EGFR geni mutatsiyasi aniqlansa, rakning o‘ziga xos turini davolash jarayonida, T790M molekulasining EGFR genida mutatsiyasi testi o‘tkaziladi. Aynan shu gen rezistentlik oshishiga eng ko‘p sababchilardan biridir va bu o‘zgarishni aniqlash orqali samarasiz preparatlarni boshqalariga almashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish mumkin. Kelajakda bu uslub saratonning boshqa turlarida ham qo‘llanilishi ehtimoli yuqori.

Professor Ozlem Er ACIBADEM klinikalari tarmog‘ida onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar bilan muntazam shug‘ullanib boradi. Davolanishda kimyo terapiyaning eng yangi turlari qo‘llaniladi. Mutaxassisga o‘z vaqtida murojaat qilish orqali og‘ir asoratlarning oldini olish mumkin.

Turkiyadagi Acıbadem klinikalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acıbadem klinikalarining Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19 uy.

Telefon: (+99895) 144 54 45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top