9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:45 / 07.08.2019 35140

«Alloh uchun bir g‘isht bo‘lsa ham qo‘yib, uning roziligiga erishishni iltimos qilib qolardim». Masjid qurilishiga hissa qo‘shing

Masjid qurish yoki qurilishiga hissa qo‘shish ulkan savobligi dinimiz ahkomlarida alohida ta'kidlangan. Alloh taolo masjidlarni O‘ziga eng mahbub makonlar qilgan. Alloh taolo masjidlarni obod qiluvchilarning iymoni borligiga guvohlik berib shunday dedi: «Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar» (Tavba surasi, 18-oyat).

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohning roziligini tilab bir masjid qursa, Alloh jannatda unga o‘shaning mislini qurib beradi», deganlarini eshitganman». Demak masjid qurish yoki qurilishiga hissa qo‘shish juda katta savob amallardan hisoblanadi. Yurtdoshlarimiz orasida ham bunday ulug‘ ishga bosh qo‘shishni istaganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumani, Kulol-Qo‘rg‘on MFY, Turop Dehqonov ko‘chasida «Kulol-Qo‘rg‘on» jome masjidi qurilishi boshlangan. Saxovatpesha xalqimizning tashabbusi va ko‘magi bilan qurilishi boshlangan mazkur masjidga tashrif buyurdik. Kun jazirama bo‘lishiga qaramasdan qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hamma qo‘ldan kelgunicha, imkoniyati yetgunicha o‘z yordamini beryapti. Masjid imom-xatibi Shuhrat G‘oimov bilan suhbatlashdik. Shuhrat aka bizga masjid qurilishi bilan bog‘liq ishlar haqida gapirib berdi.

«Ikki yarim ming kishiga mo‘ljallangan masjidimizda bugun qizg‘in ish jarayoni ketmoqda. Xalqimizning yordami bilan qurilishni boshladik. Hozirgacha jarayon davom etmoqda. Har kim imkoniyati boricha ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Dunyomiz uchun qancha harakat qilayotgan bo‘lsak, oxiratimiz uchun ham shunday harakat qilaylik. Bir g‘isht qo‘yib bo‘lsa ham jannatni o‘zimizga naqd qilib qolishlikni saxovatpesha xalqimizdan iltimos qilib qolardim» deydi imom-xatib.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid imom-xatibi Shuhrat G‘oimov nomiga ochilgan karta:

O’zsanoatqurilishbank Click/Payme: 8600 0304 3425 3039

Masjid imom-xatibi Shuhrat G‘oimov +998977741531

Masjid imom-noibi Bahodir Muhammadiyev +998946662580

Navbatdagi manzilimiz Toshkent viloyati Qibray tumaniga bo‘ldi. Tumanda joylashgan «O‘tkir» jome masjidi buzilib, o‘rnida yangitdan barpo etilyapti. Tuman aholisi sa'y-harakatlari bilan bugun masjidda qurilish ishlari yakunlanib qolgan. Hamma o‘z imkoniyati darajasida yordam beryapti. Masjid imom-xatibi Hojiakbar Mirzayev bilan suhbatlashdik.

«Bugun barcha masjidlar yangidan qurilyapti, ta'mirlanyapti. Shu qatori mana bizning «O‘tkir» jome masjidimiz ham qaytadan qurilyapti. Xalqimizning yordami bilan mana bugun shu darajagacha olib keldik. Hozir to‘liq tugatishimiz uchun moddiy yordam kerak. Saxovatpesha, savobtalab xalqimizdan xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz» deydi masjid imom-xatibi.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid imom-xatibi Hojiakbar Mirzayev nomiga ochilgan karta:

Savdogarbank Click/Payme: 8600 0804 3674 4436

«O‘TKIR» jome masjidi xisob raqami: 2021 2000 8040 2414 9001

INN: 203024247

MFO: 00410

Masjid imom-xatibi Hojiakbar Mirzayev +998901854200

Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Qilgan ehsonlaringiz savobini Alloh ko‘paytirib bersin.

"O‘TKIR" jome masjidi XISOB RAQAMI: 2021 2000 8040 2414 9001 INN: 203024247 MFO 00410 Chet el kapitali ishtirokidagi "Savdogar" ATB Qibray tumani.

Teglar

Top