9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:35 / 07.08.2019 1481

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Agentlik huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Agentlik huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. 

Hujjatga ko‘ra, Agentlik qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek korporativ boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik faoliyatini mustaqil olib boradi hamda bevosita bosh vazirga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik sub'yektlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, nazorat kilish va tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash: 

qimmatli qogozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlar, shuningdek, qimmatli qogozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta'minlash;

qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

mamlakat kapital bozorining holati va uning professional ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish;
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etishga imkon beruvchi moliyaviy vositalarning yangi turlarini tatbiq etishga ko‘maklashish;

fond birjalarining faoliyati, qimmatli  qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash;
kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish.

Top