18:20 / 07.08.2019
21269
Nesterov Superligaga qaytdi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov «Lokomotiv»ga qaytdi. Bu haqda PFL ma'lum qildi. Tashkilot barcha jamoalarga yozda kelgan va ketgan futbolchilarni e'lon qilib kelyapti.

«Lokomotiv»ga kelib qo‘shilgan futbolchilar qatorida Ignatiy Nestorov ham bor. Osiyo Kubogidan so‘ng Saudiya Arabistonining «Uhud» klubiga o‘tgan va doping iste'mol qilgani sabab 8 oyga diskvalifikatsiya qilgandi. Oktabr oyidan maydonga tushishiga ruxsat berilgan Nesterov avgust oyidan rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin.

Nesterov Osiyo Kubogidan avval aynan «Lokomotiv»da o‘ynardi. Darvozabon 2014 yilda «temiryo‘lchilar» safiga o‘tgan. 7 yil «Paxtakor»da, 4 yil «Bunyodkor»da o‘ynagan Nesterov faoliyatini 2000 yil «Dinamo» safida boshlagan.

Ignatiy Nesterov doping sababli futboldan chetlatildi

Top