9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:44 / 07.08.2019 8419

Pokiston Kashmir sababli Hindiston bilan yana ziddiyatga bordi

Foto: Akhtar Soomro / Reuters

Pokiston Kashmirda yuz berayotgan voqealar sababli Hindiston bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirish va ikki tomonlama savdoni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri ofisi bayonotida ma'lum qilingan. 

Dawn telekanalining xabar qilishicha, Pokiston Nyu-Dehlidan o‘z elchisini chaqirtirib oladi hamda o‘z hududidan qo‘shni davlat elchisini chiqartirib yuboradi.

Shuningdek, Islomobod Hindiston bilan ikki tomonlama kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishga hamda BMT, jumladan Xavfsizlik kengashiga murojaat qilishga qaror qilgan.

Bunga 5 avgustda Hindiston Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qilishini e'lon qilgani sabab bo‘lgan. Hozirda ushbu shtatga ma'lum darajada muxtoriyat va o‘z qonunlarini qabul qilish huquqi berilgan. Shuningdek, shtat hududi ikki qismga ajratiladi. Bu shtatda endilikda Hindiston uchun umumiy konstitutsiya amal qilishi, investitsiyalarga va boshqa shtatlardan odamlar kelishiga cheklovlar bekor qilinishi kutilmoqda.

Jammu va Kashmir hududi deyarli Hindiston va Pokiston o‘rtasida bo‘lib olingan, vaholanki har bir tomon hudud ustidan to‘liq nazoratga da'vogarlik qiladi. Ushbu shtatda ikki tomon o‘rtasidagi muntazam to‘qnashuvlar sababli u yerdan o‘tuvchi shartli chegarada Hindiston va Pokistonning katta sondagi qo‘shinlari to‘plangan. 

Shtat Hindistonning eng notinch shtatlaridan biri hisoblanadi. Shtatning butun hududiga Pokiston tarkibiga kiruvchi va tan olinmagan “Ozod Kashmir” davlati ham da'vogarlik qiladi.

Top