14:24 / 07.08.2019
7032
Kobulda portlash: 18 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi
Foto: AP Photo/Rafiq Maqbool

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir bo‘lgan portlash natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.

Shuningdek, yuzdan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Portlash Kobul shahri g‘arbida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ichida portlovchi moddalar bo‘lgan avtomobilni portlatishdan maqsad politsiya boshqarmalaridan birini yo‘q qilish bo‘lgan.

Tolo News telekanalining qayd etishicha, portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.

Top