11:29 / 07.08.2019
3820

Qozonda davra suhbati: O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Foto: jahonnews.uz

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi odam savdosining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Tadbirda Tatariston Respublikasining O‘zbek milliy madaniy avtonomiyasi, Xalqlar assambleyasi Yoshlar Kengashi va Tatariston jamoat palatasi, Almetevsk, Bugulma, Naberejniy-Chelni hamda Elabuga shaharlari, shuningdek Almetevsk va Bugulma tumanlarining o‘zbeklar milliy madaniy avtonomiyalari vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 30 iyulda imzolangan «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga alohida e'tibor qaratildi. 

Top