23:21 / 07.08.2019
13093

Toshkent metrosida yo‘lkira haqining kontaksiz to‘lovi yo‘lga qo‘yildi

7 avgustda Milliy banklararo protsessing markazi Toshkent metropoliteni va O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlikda tajriba rejimida metro yo‘lkira haqini HUMO bank kartalari bilan to‘lash tizimini ishga tushirdi.

“HUMO kartalari bilan to‘lang” yozuvi bo‘lgan maxsus tablichka Chilonzor yo‘nalishining “Xalqlar do‘stligi” stansiyasida o‘rnatilgan. Yo‘lkira haqini kartani o‘quvchi qurilmaga qo‘yib to‘lash mumkin.

Protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov ushbu ijobiy tajriba avgust oxirigacha poytaxt metrosining barcha stansiyalarida kontaksiz to‘lovni ishga tushirishga imkon berishiga umid qilinayotganini aytgan. Qurbonovning ta'kidlashicha, kelgusi rejalarda xalqaro to‘lov tizimlari kartalari egalariga kontaksiz to‘lov imkonini taqdim qilish bor.

HUMO bank kartasi bilan yo‘lkira haqini to‘lashda jyetonlar xarid qilish, uni sotib olishga zarur summani qidirish va qaytimni poylashga vaqt sarflashga ehtiyoj qolmaydi.  Yangi texnologiya eng gavjum stansiyalarda tig‘iz vaqtda eng samarador bo‘lib, yo‘lovchi kuniga 8 daqiqagacha vaqt tejaydi.

Kontaksiz to‘lov qo‘llanganda metro yo‘lkira haqi bir jyeton narxiga tengdir. Metrodan kam foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun ham turniket yordamida yo‘lkira haqini to‘lash qulay hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top