15:50 / 07.08.2019
22494

Zelenskiy Donbassdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.

Xabar qilinishicha, shoshilinch yig‘ilishda bosh shtab boshlig‘i – Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchak, prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka, milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Danilyuk hamda harbiy razvedka vakillari qatnashgan.

Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu masalada telefon orqali suhbatlashganini ma'lum qildi.

"Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashdim. Unga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qildim. Bu bizni tinchlikka yaqinlashtirmasligini aytdim", dedi u.

Ukraina prezidenti Rossiya rahbaridan "qotilliklarni to‘xtatish uchun narigi tarafga ta'sir o‘tkazish"ni so‘raganligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Donbassda 12 soat ichida to‘rt nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Top