08:02 / 08.08.2019
92835
Atamboyev maxsus kuchlarni ogohlantirdi, Jeenbekov xavfsizlik kengashini chaqirtirdi 
Sooronbay Jeenbekov va Almazbek Ataamboyev / Foto: gov.kg/president.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 8 avgustda mamlakat xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazmoqchi. Bu haqda Jeenbekov matbuot xizmatida xabar qilindi.   

Jeenbekov 7 avgustda sobiq prezident Almazbek Ataamboyevni ushlash bo‘yicha operatsiya olib borilayotgani sababli bir haftalik ta'tilini to‘xtatib, Bishkekka qaytgan va 8 avgust ertalab xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.

27 iyunda Atamboyevdan daxlsizlik huquqi olingan va shu bilan birga u sobiq prezident maqomi va jinoiy ta'qibdan immunitetdan mahrum etilgan.   

O‘z navbatida sobiq prezident oxirgi voqealarga izoh berib, kuch tuzilmalari xodimlari “o‘z xalqini o‘qqa tutsa”, bu ular uchun “ayanchli tugashini” aytgan. Atamboyevning ta'kidlashicha, uni qo‘lga olishga urinish va uyidagi maxsus operatsiya “haqiqiy beboshlikdir”. 

Atamboyev o‘z nazoratidagi “Aprel” telekanalida bayonot bilan chiqdi. Uning aytishicha, uni qo‘lga olishga urinish vaqtida “shunchaki suratga tushish uchun kelgan begunoh odamlar” jabrlangan.

“Men kuch tuzilmalarini o‘z xalqiga qarshi bormaslikka chaqiraman”, deb aytgan Atamboyev efirda. 

Atamboyevning ta'kidlashicha, Qirg‘iziston rahbariyati “huquqiy maydonga kirish chaqiriqlariga quloq solmagan” va maxsus xizmatlarga uni qo‘lga olishga ijozat bermagan o‘z tarafdorlariga minnatdorlik bildirgan.
 
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Atamboyevning qarorgohi shturmi vaqtida 41 kishi jabrlangan, maxsus xizmatlarning bir jangchisi halok bo‘lgan, viloyat militsiyasi rahbari bosh miya-chanoq jarohati olib, komaga tushgan. Maxsus kuchlar sobiq prezidentni ushlashning uddasidan chiqishmagan. 

Top