9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:09 / 08.08.2019 25714

Atamboyev Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining bosh tergov boshqarmasiga yetkazildi

Foto: Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining bosh tergov boshqarmasiga yetkazildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmatida ma'lum qilingan. 

“U bizning boshqarmaga yetkazildi. Bu yerda u so‘roq qilinadi”, deb aytgan manba.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kuch tuzilmalariga taslim bo‘lgan. U maslahatchilari Farid Niyazov va Qunduz Joldubayeva hamrohligida Bishkekka olib ketilgan

Atamboyevning advokati Sergey Slesarevning aytishicha, Qo‘y-Toshdagi to‘qnashuvlar sababli sobiq prezidentga nisbatan bir qator yangi jinoiy ishlar qo‘zg‘alishi mumkin.

“Hamma narsa bo‘lishi mumkin, ko‘ryapsiz-ku, nimalar sodir bo‘lmoqda. Yana ko‘p narsalar ilishlari mumkin. Biz endi uning huquqini sud tartibida himoya qilamiz”, deb aytgan Slesarev.

7 avgust kechki payt Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Atamboyevni uning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni boshlashgan. Maxsus xizmatlar sobiq prezidentning tarafdorlariga maxsus vositalar qo‘llashgan, Atamboyev tarafdorlari bunga javoban o‘q uzishgan.

Top