9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:49 / 08.08.2019 4196

«Barselona» o‘rtoqlik o‘yinida «Napoli»dan ustun keldi

Mayamidagi «Xard Rok» o‘yingohida «Barselona» va «Napoli» o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsida 2:1 hisobida kataloniyaliklar g‘alaba qozondi.

O‘yindagi uchala golni ham «Barselona» futbolchilari kiritishdi. 18-daqiqada yarimhimoyachi Serxio Buskets hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada himoyachi Samyuyel Umtiti avtogol muallifiga aylandi. Hal qiluvchi gol 79-daqiqada yarimhimoyachi Ivan Rakitich tomonidan urildi. 

Bu o‘yin «Napoli» uchun mavsumlar oralig‘idagi 5-o‘rtoqlik o‘yinidir. Karlo Anchelotti jamoasi ularning 2tasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, yana 2ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashgan, 1 o‘yin durang bilan yakunlangan. «Barselona» esa hozircha 4ta o‘yin o‘tkazdi. Ularning uchtasida g‘alabaga erishib, 1tasida mag‘lub bo‘ldi.

Top