9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:28 / 08.08.2019 26484

Elmira Bositxonova Qoraqalpog‘istonda piketga chiqqan ayollar bilan uchrashdi. Xotin-qizlar qo‘mitasi rasmiy axborot berdi

Elmira Bositxonova

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida yuz bergan voqea haqida e'lon qilingan xabardagi ma'lumotlar haqiqatga nechog‘li mos kelishi va bu ayollarning huquqlarini muhofaza etish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlash maqsadida 7 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmati xabariga ko‘ra, voqeani o‘rganish jarayonida shikoyatchi Tileo‘biyke Uldasheva ijtimoiy-maishiy muammolari anchadan buyon hal etilmayotganini aytib, yordam so‘radi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ishtirokida hudud rahbarlari bilan o‘tkazilgan suhbatda uning uy-joy masalasidagi shikoyati yuzasidan Nukus shahar hokimi P. Tureshevga arizachiga joylashtirilgan uyida yashashi uchun order berish vazifasi topshirildi. T. Uldashevani ish bilan ta'minlash va farzandini musiqa maktabiga joylash masalalari bo‘yicha esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri D. Xodjiyevga uni tibbiyot birlashmasiga farrosh sifatida ishga qabul qilish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Nukus shahar kengashi raisi v.v.b P. Qazakbayevga uning farzandini musiqa maktabiga joylashtirish topshirig‘i berildi. Arizachining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi ekani va shu maqsadda o‘zini bo‘sh bino bilan ta'minlash borasida yordam ko‘rsatishlari to‘g‘risidagi iltimosiga yechim topish vazifasi Nukus shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G. Abibullayevaga topshirildi.
 
Fuqarolar Perizat Begjanova hamda Gulparshin Qoshanova o‘z muammolari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hududga kelguniga qadar mas'ullar tomonidan hal etilganini bildirib, tegishli mutasaddilarga minnatdorlik izhor qildilar, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, shu kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova yana yigirma nafarga yaqin ayollarning dardlari, arzlari va shikoyatlarini eshitib, ularning huquqlarini ta'minlash, ko‘mak berish bo‘yicha hamkorlikda amaliy ishlarni olib borgan.

Bundan oldinroq, Elmira Bositxonova piketga chiqqan ayollarga bosim o‘tkazilgani haqidagi xabardan so‘ng Qoraqalpog‘istonga yo‘l olgani ma'lum qilingandi.

Top