9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:11 / 08.08.2019 25096

Haj-2019: xavfsizlik uchun jalb etilgan 400 mingga yaqin harbiy, rekord darajaga yetishi kutilayotgan hojilar soni

Foto: AP

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilgi «Haj-2019» mavsumini tartibli, xavfsiz, ko‘ngildagidek o‘tkazish maqsadida harbiylar, ichki tartibni saqlashga mas'ul tashkilotlar, xavfsizlik xizmatlaridan iborat jami 400 mingga yaqin mas'ul jalb etilgan. 

Vazirlik mutasaddilaridan birining aytishicha, ular millionlar orasida ko‘zga ko‘rinmasa-da, lekin xizmatlari juda ham muhim. Ular hojilarga o‘z paytida kerakli yordam ko‘rsatishga va haj amallarini xotirjam, tartibli ado etishlariga yaqindan ko‘mak berish maqsadida, hukumat tomonidan, birinchi marotaba, shu kabi katta adadda jalb etilmoqda. Ularni Mino, Arafot, Muzdalifa va Jamarotda har 20-30 metr oraliq masofada joylashtirish tajribasi ham ushbu mavsumda o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati Kun.uz’ga.

Vazirlik bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy mavsum mamlakat tarixida eng ko‘p hojilar kelishi kutilayotgani aytiladi. 

Kecha, 7 avgust kuni Jidda shahrida mazkur mavzuga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda pasport nazorati boshlig‘i, general Sulaymon ibn Abdulaziz al-Yahyo shu kun soat 16:00 ga qadar Saudiyaga kirgan hojilar soni 1 838 339 nafarni tashkil etganini qayd etdi. 

Matbuot anjumanida ta'kidlanishicha, bu yil 3-3,5 million inson haj ibodatini ado etishi kutilyapti.

Teglar

Top