00:40 / 08.08.2019
6899
Klichko Kiyev meri lavozimi uchun yana kurashishni rejalashtirmoqda 
Foto: RIA "Novosti"

Kiyev meri Vitaliy Klichko 2020 yilga belgilangan mer lavozimi saylovlarida ikkinchi muddatga saylanishni rejalashtirmoqda. 

“Men mer lavozimiga yana nomzodimni qo‘ymoqchiman. O‘ylaymanki, kiyevliklar buni qilmasam meni tushunmaydilar. Taslim bo‘lish menga xos emas”, deb aytgan Klichko Ukrainaning “Levyy bereg” nashriga intervyuda.    

Ukrainada Kiyev, Lvov va boshqa shaharlar merlari lavozimlariga hamda shahar va qishloq kengashlari deputatlari saylovlari 2020 yilning 25 oktyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.   

Sobiq professional bokschi Kiyev meri lavozimini 2014 yil 5 iyundan beri egallab keladi.

Top