9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

15:24 / 08.08.2019 4545

MDF eshik va romlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 7 avgust kuni soat 08:17 da Jizzax shahri “Sangzor” MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan “Bahodir Isomiddinov” XKga qarashli MDF eshik va romlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 7 ta asosiy yong‘in o‘chirish va 1 qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan. 

Yong‘in 08:55da o‘rab olinib, 09:18da bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan ikki qavatli sex binosining 250 kv. metr maydoni saqlab qolinishiga erishilgan va alanganing qo‘shni binolarga o‘tib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexining 230 kv. metr maydonda tomi, shifti, ichki jihozlari va mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top