9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:29 / 08.08.2019 120148

Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi

Foto: REUTERS/Vladimir Pirogov

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hokimiyat vakillariga taslim bo‘ldi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining shtabi xabar qilmoqda, deb yozadi TASS.

«Atamboyev o‘z qarorgohi hududidan huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib chiqib ketildi», - deya ma'lum qilgan shtab vakili.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalari vakillari Almazbek Atamboyevni Qo‘y-Toshdan olib chiqib ketishgan. U bilan muzokaralar juda uzoq davom etgan, yakunda Atamboyev taslim bo‘lgan.

Bundan biroz avvalroq Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlangandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytildi.

Top