9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:00 / 08.08.2019 19125

O‘zbekistonga Turkiyaning «Eyder Yalchin» zirhlangan mashinalari keltirildi 

O‘zbekistonga 4x4 g‘ildirak formulali «Eyder Yalchin» zirhlangan mashinalari keltirildi, deb xabar berdi, Jahon qurol savdosi tahlili markazi. 

 2017 yilda UzAuto kompaniyasi Turkiyaning Nurol Makina xususiy mudofaa firmasi bilan O‘zbekistonda hamkorlikda ming dona «Eyder Yalchin» zirhlangan mashinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Shartnomaga ko‘ra, dastlabki 24 dona mashina O‘zbekistonga keltiriladi, so‘ngra ular O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. O‘zbekiston shuningdek, ularni eksportga sotish huquqiga ham ega bo‘ladi.

«Eyder Yalchin» mashinalari o‘qotar qurol va minalardan ishonchli himoyalovchi zirh bilan qoplangan. Bundan tashqari, unga qo‘shimcha osma zirh va antikumulyativ ekran o‘rnatish mumkin.

Mashinaning jangovar og‘irligi 14 tonnagacha yetadi. Uning 300 ot kuchiga teng dvigateli mashinaning shosseda soatiga 110 kilometr tezlikda yurishiga imkon beradi. Mashinaga ikki nafar ekipaj a'zosi va 9 nafar desantchi sig‘adi.

Xabar qilinishicha, «Eyder Yalchin» mashinalaridan Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarni monitoring qilishda foydalaniladi.

Top