9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:26 / 08.08.2019 14949

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin Qirg‘izistonga keldi

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin ishchi tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, u Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Asqara Mamin tashrif doirasida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari ishtirokidagi Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi 9 avgust kuni Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tadi.

Top