21:35 / 09.08.2019
6055
Fotoreportaj: “Farg‘ona – xalqaro investitsiya forumi”da 40dan ziyod davlatdan yirik investorlar ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 iyuldagi farmoyishiga ko‘ra, viloyatning iqtisodiyot va investitsiya salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida Farg‘ona shahrida joriy yilning 7-8 avryst kunlari “Farg‘ona – Xalqaro investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forumga Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Eron, Rossiya, Turkiya, Belorussiya va qo‘shni 28 ta davlatning yirik investorlari, 12 ta davlatning elchilari tashrif buyurdilar.

Ular mamlakatimizda iqtisodiyotning ochiqligini ta'minlash va qulay investitsiya myhitini yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari Farg‘ona viloyatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud salohiyat, imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Forum davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ko‘zda tutadigan kelishuvlar imzolandi.

Ishtirokchilar e'tiboriga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarning “Farg‘onada ishlab chiqarilgan” nomi ostida mahsulotlar ko‘rgazmasi, investitsiya loyihalari va foydalanilmayotgan, foydalanishga tayyor sanoat binolarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“B2G” va “V2V” formatlaridagi kooperatsion birjalar o‘tkazilib, kelishuvlar imzolandi. Soha mutaxassislarining ma'ruzalari va Forumga tashrif buyurgan xalqapo moliya instituti vakili yoki xorijiy investorlar fikrlari tinglandi.

Farg‘ona viloyatining diqqatga sazovor joylari va hunarmandchilik an'analari bilan tanishilib, investitsiya forumi ishtirokchilari ychyn madaniy dastur va milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Forum mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida biznes-moliyaviy hamda do‘stona aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, yangi kelishuvlar va shartnomalarni imzolash jihatidan katta ahamiyat kasb etdi.

 Elmurod Ermatov, Farg‘ona

 

Top