22:39 / 09.08.2019
8584

Fransiya AQShning "normand formatiga" kiritilishi mumkinligiga izoh berdi

Fransiya tashqi ishlar vazirligi vakili AQShning Donbass bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, "normand formatini" o‘zgartirish masalasi kun tartibida yo‘qligini aytdi.

 “Fransiya mojaroni hal qilishga va Minsk kelishuvlarini, xususan, u faol ishtirok etayotgan normand formati doirasida amalga oshirishga to‘liq sodiq. Fransiya va Germaniya AQShning Ukrainadagi maxsus elchisi Kurt Uolker bilan doimiy muloqotlar va yaqin maslahatlashuvlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Normand formatini o‘zgartirish kun tartibida yo‘q", dedi Fransiya vakili brifingda. 

Mavzuga oid
Top