12:04 / 09.08.2019
26523

Toshkent metrosining «Kosmonavtlar» stansiyasidagi holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ

«Toshkent metropoliteni» UK bugun, 9 avgust kuni «Kosmonavtlar» metro bekatida yuz bergan holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, soat 08:55larda, Toshkent metropolitenining «Kosmonavtlar» stansiyasining ikkinchi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga ko‘ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng bu holat kolodkaning o‘z-o‘zidan avtomatik to‘xtashiga olib kelgan va tutun paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Nosozlik 5 daqiqada bartaraf etildi, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mazkur holat Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir etmagan.

Top