9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:42 / 09.08.2019 1966

Toshkent viloyatidagi tarbiya koloniyasida bepul to‘garaklar tashkil etildi

Toshkent viloyatidagi IIB 24-son tarbiya koloniyasida “Do‘stingni safga qaytar” mavzusida tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida  Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i A.Alimov, Amir Temur ekspeditsiyasi rahbari F.Ashrafxo‘jayev, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi mas'ul xodimi F.Akramova, Muqimiy nomidagi musiqali teatr direktori M.Azizov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi O.Yo‘ldosheva, O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi, O‘zbekiston yosh tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash markazi mas'ul xodimlari va 24-sonli tarbiya koloniyasi tarbiyalanuvchilari qatnashdi. 

Unda mutasaddilar yoshlardagi huquqiy savodxonlikning pastligi,  irodasizlik, ma'naviy bo‘shliq va loqaydlik  kabi bir qator omillar yoshlarni  to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishini tushuntirib, xatoni anglash va uni qayta sodir etmaslikka chorladi. So‘ngra, mahkum yoshlarga va tajribali psixolog tomonidan “Psixolog qabuli” loyihasi doirasida psixologik-trening o‘tkazildi. 20 nafar yoshlarga beg‘araz psixologik konsultatsiya berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida “Men jinoyat qilmayman” mavzusida huquqiy viktorinalar ham o‘tkazildi. 

Bundan tashqari, Yoshlar ittifoqi huzuridagi Respublika yoshlar markazi, Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan bepul tashkil etilayotgan to‘garaklarni tahlil etish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida mazkur koloniya tarbiyalanuvchilari uchun  rus tili, ingliz tili, avtomobilsozlik, shaxmat hamda  fermerlik va tadbirkorlik bo‘yicha  muntazam ravishda bepul to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.


      
Davra suhbati yakunida farzandlarining holidan xabar olgani kelgan ota-onalarning koloniya tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlari  tashkil etildi.

Teglar

Top