9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:36 / 09.08.2019 9819

Xitoy Kashmir masalasida Pokistonni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi

Foto: REUTERS/Akhtar Soomro

Xitoy Kashmir masalasida Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashganidan jiddiy tashvishda. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri Xitoy poytaxtiga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh mahmud Qurayshiy bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

"Kashmir masalasi mustamlakachilik davrlaridan qolib ketgan muammo hisoblanadi. U BMT nizomi asosida tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim", - dedi Van I.

"Xitoy Pokistonning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi hamda xalqaro maydonda Pokistonga nisbatan munosabat odilona bo‘lishi tarafdori bo‘lib qoladi", - dedi u.

Ushbu haftada Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qildi. Bu Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib keldi. 

Kashmir – aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi hudud bo‘lib, Hindiston va Pokiston o‘rtasida bahsga sabab bo‘lib keladi.

Top