08:51 / 10.08.2019
6868
Nukusda 9 000 dollarni o‘g‘irlab ketgan maktab o‘quvchilari ushlandi
Illyustrativ foto

2019 yil 4 iyul kuni noma'lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi 45 yoshli A.I.ning uyiga deraza orqali kirgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, u uydan 9 000 AQSh dollari va uzugini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nukus shahri “Samanbay” MFYda yashovchi, 29-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi 17 yoshli S.B. va 31-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi 14 yoshli P.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top