9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:04 / 10.08.2019 4196

Pokiston hukumati Hindiston bilan avtobus qatnovini to‘xtatdi

Foto: AP Photo / Dar Yasin

Pokiston hukumati Lohur shahri va Hindiston poytaxti Nyu-Dehli yo‘nalishidagi avtobus qatnovini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Pokiston aloqa va pochta xizmati vaziri Murod Said ma'lum qildi.

"Milliy xavfsizlik qo‘mitasi qaroriga asosan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatildi", - deb yozdi u o‘zining Twitter-akkauntida.

Avvalroq Jammu va Kashmir shtati maqomi o‘zgarishi ortidan kelib chiqqan ziddiyat sababli Hindiston vaPokiston o‘rtasidagi "Samjxauta ekspress" poyezdi qatnovi to‘xtatilgandi.

Ushbu haftada Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qildi. Bu Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib keldi. 

Kashmir – aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi hudud bo‘lib, Hindiston va Pokiston o‘rtasida bahsga sabab bo‘lib keladi.

 

Top