9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

13:04 / 11.08.2019 6959

3 oylik jajji Mustafo jigar o‘simtasi kasalligidan aziyat chekyapti. U ko‘makka muhtoj

Farzand – oila quvonchi, baxti va hayot davomchisi. U nafaqat mustahkam qo‘rg‘on, balki jamiyat va yurt uchun ham azizdir. Har bir ota-ona farzandini sog‘lom dunyoga keltirib, ibratli inson sifatida kamolga yetkazish va el-yurt orasiga qo‘shishni orzu qiladi. Yillar davomida esa zurriyodi baxt-u rohatini ko‘rishga intilib yashaydi.

Poytaxtimizning Olmazor tumani, “Qoraqamish” ½, 7-ko‘p qavatli uy, 37-kvartirada istiqomat qiluvchi Gulruh G‘anixonova tug‘ilganiga endigina 3 oy bo‘lgan o‘g‘li Mustafo Alimovni sog‘lom hayotga qaytarish umidida yashamoqda. Begunoh va beg‘ubor chaqaloqning jigar o‘simtasi xastaligi bilan ona qornidan tushgani kishi qalbini tirnashi shubhasiz.

Go‘dakning volidasi Gulruh G‘anixonovaning aytishicha, farzand tug‘ilganidan bir oy o‘tib, uning qorni shisha boshlagan. “Tezda o‘tib ketar”, degan fikrda vaqtni erta boy bergan ota-ona kunlar, haftalar o‘tgach, isitmasi yuqorilagan 2 oylik chaqalog‘ini vrachlar huzuriga olib borishadi. Shifokorlar kichkintoy shamollaganini aytib, ularga zarur dorilar ro‘yxatini tutqazishadi. 5 kun davomida uy sharotida muolaja olishsa-da, dorilar sira foyda bermay, isitma ham pastlamaydi. Onkolog vrachning ko‘rigi jarayonida jajji Mustafoda tug‘ma jigar o‘simtasi borligini aniqlanadi hamda uni tezda Hindistonda davolatish lozimligini ta'kidlashadi.

- O‘g‘limning jigarini yarmidan ko‘p qismida o‘simta mavjud, - deydi Gulruh G‘anixonova. – Shu sababli uning qorinchasi shishib ketgan. Ikki nafar farzandimiz bor. To‘ng‘ichimiz qiz. Oilada faqat turmush o‘rtog‘im ishlaydi. Uning oyligi tirikchiligimizga bazo‘r yetadi. Mustafoning Hindistonda davolanishi uchun taxminan 30-35 ming AQSh dollari kerak bo‘larkan. Qarindosh-urug‘lar, saxovatpesha insonlar yordami bilan 19 ming AQSh dollari yig‘ildi. Qolgan mablag‘ning to‘planishida yana yurtdoshlarimizga, savobtalab odamlarga ko‘mak berishlarini iltimos qilib qolaman. Moddiy tomonlama imkoniyati yo‘qlar duo qilishlarini so‘rayman. Hech bir onaning farzandi Mustafo singari og‘ir dard bilan dunyoga kelmasin. Xonadonlarimizda o‘g‘il-qizlarimizning o‘yin-kulgusi, sho‘x qiyqiriqlari doim jaranglab tursin.

Aziz vatandoshlar! Katta sinov oldida turgan 3 oylik Mustafo Alimovning farzandlarimiz, nabira va jiyanlarimiz singari sog‘lom o‘ynab yurishi va ota-onasining orzu-maqsadlarini amalga oshiradigan o‘g‘lon bo‘lib ulg‘ayishiga qo‘limizdan kelganicha hissa qo‘shaylik. Zora, sizu bizning duolarimiz, imkoniyat darajasidagi moddiy ko‘magimiz sabab Mustafoning hayoti saqlanib qolsa.

Bemor Mustafo Alimovning zaruriy ma'lumotlari:

Otasi Bekzod Alimov nomiga ochilgan karta:

AGROBANK CLICK/PAYME: 8600 0417 0924 1914

MFO: 00454

INN: 201055083

Naqd pul topshirganda: 23116000800000454001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000600000454001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000200000454001

Teglar

Top