9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:25 / 11.08.2019 11981

APL. 1-turning oxirgi o‘yinida «MYu» «Chelsi»ni tor-mor qildi

Angliya Premer-Ligasida 1-turning oxirgi o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilgan «Manchester Yunayted» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Avvaliga 18-daqiqada Markus Reshford penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Reshford Zumaning qo‘polligi sabab belgilangan jarimani aniq amalga oshirib, «gollar yomg‘iri»ni boshlab berdi.

O‘yinning 65-daqiqasigacha teng kurash kechdi va keyin Sulsher shogirdlari yana tempni oshirishdi. 65-daqiqada Antoni Marsyal qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab, hisobni ikkitaga oshirdi. 67-daqiqada Markus Reshford uzoq masofadan super gol urdi.

81-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan manchesterliklarning uelslik debyutanti Deniyel Jyeyms Pol Pogbaning super reydidan so‘ng gol urib, o‘yindagi yakuniy nuqtani qo‘ydi. Pogba o‘yinda ikkita golga assistentlik qilganini ta'kidlash kerak.

Manchester Yunayted – Chelsi 4:0
Gollar: Reshford (18, pen, 67), Marsyal (65), Jyeyms (81).
Manchester Yunayted: De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Maguayr, Shou, Pogba, Lingard (Mata, 86), Maktomini, Pereyra (Jyeyms, 74), Marsyal, Reshford (Grinvud, 86).
Chelsi: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Kristensen, Maunt, Barkli (Pulishich, 58), Jorjino (Kante, 73), Kovachich, Pedro, Abraxam (Jiru, 66).

Top