9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

15:28 / 11.08.2019 55725

AQSh va Rossiya o‘rtasidagi dengiz urushida kim g‘alaba qozonishi taxmin qilindi

Foto: Reuters

Amerikalik harbiy-dengiz kuchlari bo‘yicha mutaxassis Layl Goldstayn AQSh va Rossiya o‘rtasidagi dengiz urushida kim g‘olib chiqishini taxmin qildi. U bu haqda The National Interest gazetasidagi maqolasida yozdi.

Mutaxassisning taxminicha, urushning dastlabki soatlaridayoq NATOning Qora dengizdagi butun floti Rossiya suvosti kemalari, yerusti raketa majmualari, raketali katerlari va aviatsiyasi tomonidan yo‘q qilinadi.

Goldstaynning fikricha, Montre konvensiyasiga ko‘ra Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari orqali aviatashuvchilarning o‘tishi taqiqlangani AQShning omadidir, aks holda Amerika kemalari ham cho‘kib ketishi hech gapmas.

U Qo‘shma Shtatlar rahbariyatiga aviatashuvchilarga ishonmaslikni va suvosti floti hamda uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni rivojlantirishni tavsiya qildi.

Mutaxassisning yozishicha, ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuv yuz berish ehtimoli mavjud.

Top