9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

15:08 / 11.08.2019 5616

Boris Jonson Britaniya qamoqxonalaridagi joylar sonini 10 mingtaga oshirmoqchi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson qamoqxonalardagi joylar sonini 10 mingtaga oshirish, ularga ko‘proq pul ajratish hamda ayrim jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirishni istamoqda. U bu haqda The Mail nashrida yozdi.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, moliya vaziri Sajid Javid Britaniya qamoqxonalarida qo‘shimcha joylar yaratish uchun 2,5 milliard funt sterlinggacha mablag‘ ajratishga tayyor.

Jonson politsiyani jinoyatchilikka qarshi keskin kurashishga chaqirmoqda. 

Uning yozishicha, politsiya gumondor shaxslarni tekshirayotganida kuch ishlatishi mumkin va shart. Bu maqsadda yana 8 ming nafar politsiya xodimiga gumondorlarni ushlash va tintish vakolatlari beriladi.

Boris Jonson 24 iyulda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallagan.

Top