9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:11 / 11.08.2019 6969

Toshkentdagi qabristonlarda hashar o‘tkazildi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik e'tiqodi ramzi – Qurbon hayiti har yili mamlakatimizda qutlug‘ bayram sifatida kutib olinadi.

Bu yilgi bayramga ham o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyat bilan hozirlik ko‘rilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 2 avgustdagi «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori mehr-oqibat, saxovat, hamjihatlik va bag‘rikenglik kabi xalqimizga xos azaliy yuksak fazilatlarni keng namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mahallalarda o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bu borada Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan joriy yilning mart oyidan boshlab har haftaning shanba va yakshanba kunlari Sergeli, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar, yakka yolg‘iz hamda nogiron fuqarolarning xonadonlarida, Mehribonlik uylarida, Olmazor tumanidagi «Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati» hamda Ohangaron tumanidagi «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida hasharlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yil 10 avgust kuni Institut xodimlari va kursantlari ushbu ezgu va xayrli an'anani davom ettirgan holda Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan qabristonlarda (shu jumladan, rus va koreys xalqlarining qabristonlarida) uyushqoqlik bilan hasharlar o‘tkazdi.

Hasharda Institutning doimiy va o‘zgaruvchan tarkibidan jami 100 nafarga yaqin xodim va kursantlar ishtirok etdi.

Hashar davomida Sergeli tumanining qabristonlarida obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, hududni tartibga keltirish, qabriston hududlari chiqindilardan tozalash ishlari, qabrlar atrofi esa yovvoyi o‘tlar va shoxlardan tozalash kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Maqsad – yoshlarimizda ona-Vatanga muhabbat, yurt obodligi, o‘tgan avlod va ajdodlarimiz ruhini ulug‘lash kabi muqaddas qadriyatlarimizni singdirishdan iborat.

Qabristonlar obodonchiligi uchun o‘tkaziladigan hashar insonga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir sanaladi. Buni anglagan Institut jamoasi hashar ishlarida birdamliklarini ko‘rsatishmoqda. Zero, milliy qadriyatlarimizni asrash, ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, muqaddas qadamjolarni obod qilish barchamizning burchimizdir. 

Bu qilingan xayr-saxovatga boy ishlari uchun Sergeli tumani qabristonlari ma'muriyati, marhumlarning yaqin qarindoshlari, rus va koreys millati vakillari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

«Xalqimizga xos xislatlar haqida so‘z ketganda, muruvvat va mehr-oqibat, saxovatpeshalik alohida tilga olinadi. Chindan ham, bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari, sa'y-harakatlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Bugun tumanimizning qabristonlariga xayriya hashari uyushtirgan bu saxovatpesha insonlarni avvaldan tanigandekman, balki ulardagi samimiylik, inson qalbini anglashi menga shunday tuyg‘u bergandir.
Zero, azaliy qadriyatlarimizga hamohang ushbu ayyom kunlarida, saxovatpesha xalqimiz ulug‘ maqsadlarga yo‘g‘rilgan ezgu amallar, ya'ni bemorlar holidan xabar olish, muhtojlarga ko‘maklashish hamda qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini beminnat amalga oshirib kelmoqdalar. 

Jumladan, bugun ham Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti rahbariyatining tashabbuskorligida Sergeli tumanidagi qabristonlarga uyushtirilgan xayriya hasharlari ham mana shunday  ezgu amallardan biri deb bilaman. Ayniqsa yosh, navqiron kursantlarning xayriya hasharlaridagi faolligini ko‘rib benihoya quvondim. Oliy ta'lim muassasasi jamoasiga mana shunday mard o‘g‘lonlarimizga ta'lim-tarbiya berib, munosib kadrlarni  yetishtirayotganliklari uchun ham, o‘zimni samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

Muxtasar qilib aytganda, azaldan «Qurbon hayiti» bayramini mehr-oqibat, xayr-saxovat, ezgulik va yaxshilik ayyomi sifatida qadrlaymiz. Ushbu ayyom oldidan uyushtirilgan mana shunday ezgu amallar har doim ham  dillarga xushnudlik bag‘ishlagan bugungi xayrli hasharlar buning yana bir yorqin isboti bo‘ldi», deydi  – Toshkent shahar hokimligi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Sergeli tuman uchastka rahbari Jamol Nishonov.

Top