9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:35 / 12.08.2019 12221

Buxorodagi Poi Kalon ansambli «ShHTning 8 mo‘jizasi» ro‘yxatidan joy oldi

Foto: Advantour

21 iyun kuni Pekin shahrida ShHT kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali qabul doirasida “ShHTning 8 mo‘jizasi” mavzusidagi taqdimot bo‘lib o‘tdi. ShHT kotibiyati tomonidan tashkil etilgan tadbirda 600 dan ziyod siyosiy, ijtimoiy, biznes doiralar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabarida aytilishicha, ShHT bosh kotibi Vladimir Norov o‘z nutqida 18 yil avval Tashkilotga asos solishga doir qabul qilingan qaror unga a'zo davlatlarning tinchlik va barqarorlikka yo‘naltirilgan muhim strategik tanlovi bo‘lganini ta'kidladi. Nufuzli mehmonlar bosh kotib hamrohligida “ShHTning 8 mo‘jizasi” ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirishdi. Ko‘rgazmadan ShHT mamlakatlari tabiati, urf-odatlari, an'anaviy liboslari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlariga bag‘ishlangan fotomateriallar, videoroliklar va qo‘llanmalar o‘rin olgan. 

“ShHTning 8 mo‘jizasi” ro‘yxatidan Buxoro ko‘rki bo‘lgan, Poi Kalon me'moriy ansambli ham o‘rin olgan bo‘lib, Tashkilotga asos solingan kuni ushbu tarixiy maskanning ham taqdimoti ham o‘tkazildi. Poi Kalon me'moriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni o‘z ichiga oladi. Kompleks XII-XIV asrlarda 3 binodan iborat: Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi. Minorai Kalon 1127 yilda Arslon xon tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, deyarli 900 yil davomida ta'mirlanmagan. Uning balandligi 46,5 metrni tashkil qiladi. 

Masjidi Kalon – Samarqanddagi “Bibixonim”dan keyin Markaziy Osiyoda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi masjid. Ubaydullaxon hukmronligi davrida, qoraxoniylar masjidi o‘rnida qurilgan. Qurilish ishlari 1514 yilda tugallangan. Mir Arab madrasasi Ubaydullaxon hukmronligi davrida, 1535-1536 yillarda qad ko‘targan. Masjid ancha katta bo‘lib, 111 ta hujra va 2 zalni o‘z ichiga olgan. 

Top