9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

09:12 / 12.08.2019 7052

Fotoreportaj: Buxoroda 10ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi

O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta'minlash islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, mana shunday ezgu tashabbus va bunyodkorlik tufayli respublika bo‘ylab yuzlab turar joylar qad rostlamoqda. Odamlarning yillar davomida ushalmagan orzulari ro‘yobga chiqmoqda. Bunda davlat rahbarining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p qavatli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lyapti. 

Ma'lumki, Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tomonidan hududlarda  ehtiyojmand oilalar uchun ko‘p qavatli arzon turar-joy binolari qurilmoqda. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha jami 602ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurib foydalanishga topshirilgan. Birgina o‘tgan yilning o‘zida 16 ming 937ta xonadondan iborat jami 411ta ko‘p qavatli arzon uylar bunyod etilgan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 355tani tashkil etadi. 

Shu kunlarda mamlakatda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda. Qolaversa, avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekistonda Quruvchilar kuni sifatida belgilangan. Ushbu qo‘shaloq bayram munosabati bilan Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 2019 yil dasturi asosida qurilgan 10ta ko‘p qavatli arzon uy joylarni kalitlari bayram tuhfasi sifatida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida o‘z egalariga topshirildi. Shaharning Amur Temur mavzesida qad rostlagan 7 qavatli 420 xonadonli uylar barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan. Shinam va yorug‘, tashqi kommunikatsiya va obodonlashtirish ishlari ham to‘liq yakunlangan. Qurilishda asosan mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Sifat nuqtai nazardan zamon talablariga to‘la javob beradi. Ushbu uylarning har biri 2 yo‘lak, 42 xonadondan iborat. Xonadonlar joylashuviga ko‘ra, 2 xonalisi 44,2 m2, 3 xonalisi 56,3 m2, 4 xonalisi; 67,4 m2dan iborat. 

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Buxoro viloyatida 2017 yilda zamonaviy loyihalar asosida jami 6ta 7 qavatli 252 xonadonli arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich yanada ortgan. Ya'ni 10 ta 420 xonadonli arzon ko‘p qavatli uy-joylar qad rostlagan.

Uylarni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi ishtirok etdi. U shu qurilishni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan barcha quruvchilarni ulkan muvoffaqiyat va kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Yangi xonadon sohiblarini ko‘rkam zamonaviy uylarga ko‘chishgani bilan qutladi. So‘zga chiqqan nuroniylar bugungi yangilanish va bo‘layotgan islohotlarga shukronalik aytishdi. Yangi xonadonlarning sohiblari ulkan quvonch va ko‘z yoshlar ila ushbu bunyodkorlik yillar davomida kutilgan orzusi ekanligini ta'kidlashdi.

Foto: xabar.uz
Foto: xabar.uz
Foto: xabar.uz
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Tadbirda kuy-qushiqlar yangradi. Yangi xonadon soxiblariga kalit bilan birgalikda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Qurilishda namuna ko‘rsatgan ishchilar ham qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng qurilish-bunyodkorlik ishlari natijasida odamlarning hayoti yaxshilanib, kelajakka umid hissi yanada kuchaymoqda. Ayniqsa, hududlarda barpo etilayotgan  ko‘p qavatli arzon uy-joyga ega bo‘layotgan yosh oilalarning quvonchi cheksiz.

Top