20:31 / 12.08.2019
5016

Hindiston Pokiston bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmoqda

Foto: REUTERS / Mukesh Gupta

Hindiston Pokiston bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmoqda, dedi Hindiston tashqi ishlar vaziri Subraxmanyama Jayshankara.

"Hindiston Pokiston bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmoqda, bosiqlikni saqlashga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni himoya qilishga tayyor", - dedi u Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda.  

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarda hind hukumatining Jammu va Kashmir shtatini tugatib, uning o‘rniga ikkita ittifoqdosh hudud tashkil etish qarori sababli keskinlik yuzaga kelgandi. Islomobod bu qarorni qoralagan.

Avvalroq Xitoy Kashmir masalasida Pokistonni qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.

"Xitoy Pokistonning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi hamda xalqaro maydonda Pokistonga nisbatan munosabat odilona bo‘lishi tarafdori bo‘lib qoladi", - degandi Van I.

Top