09:51 / 12.08.2019
97120

Peterburgda o‘zbekistonlik ayol kaltaklandi va zo‘rlandi

Foto: RIA Novosti

10 avgust kuni erta tongda Sankt-Peterburgda yashovchi shaxs politsiyaga ariza bilan murojaat qilib, ko‘chada zo‘rlangan O‘zbekiston fuqarosini ko‘rgani to‘g‘risida aytgan. Bu haqda «Nevskiye novosti»ga huquq-tartibot idoralaridagi manba xabar berdi.

Ariza beruvchining so‘zlariga ko‘ra, u jabrlanuvchini ko‘chada ko‘rgan.

Voqea joyida uchastka inspektorining aniqlashicha, tungi soat ikkida Dimitrov ko‘chasida 35 yoshli jabrlanuvchi bilan birga yashovchi shaxs o‘z tanishi bilan uni kaltaklab, zo‘rlagan.

Jabrlanuvchi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti kasalxonasiga yotqizildi. Shifokorlar unda ko‘krak qafasi va yopiq bosh miya jarohati mavjudligini aniqladi.

Ushbu holat bo‘yicha «Zo‘rlash» moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi hal etilmoqda.

Mavzuga oid
Top