9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

10:28 / 12.08.2019 8984

Ruxsat etilmagan joydan qum-shag‘al tashiyotganlar ma'muriy jarimaga tortildi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan G‘allaorol tumani «Qashqabuloq» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sangzor» daryosi o‘zanidan fuqaro A.S. tomonidan qum-shag‘alni qazib olib o‘zi boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortganlik holati aniqlandi.   

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 aprel kuni ushbu fuqaroga nisbatan ham MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha 82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 baravari, ya'ni 2 mln. 27 ming 300 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari,  G‘allaorol tumani «Oqtom» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sangzor» daryosi o‘zanidan fuqaro I.A. tomonidan qum-shag‘al qazib olinib o‘zi boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortganlik holati  bo‘yicha joriy yilning 3 may kuni  ushbu fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha 82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 baravari, ya'ni 2 mln. 27 ming 300 so‘m miqdorida, Jizzax shahar A.Temur MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sangzor» daryosi o‘zanidan fuqaro X.G‘. tomonidan qum-shag‘al qazib olinib o‘z boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortganlik holati aniqlanib, shu yil 12 iyun kuni ushbu fuqaroga nisbatan ham MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha 82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 baravari, ya'ni 2 mln. 27 ming 300 so‘m miqdorida ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, Idoralararo guruhlar tomonidan Qaror chiqqandan buyon «Sangzor» daryosi o‘zani va viloyatning boshqa ochiq suv obektlaridan 25.09.2017 yildan 07.08.2019 yil oralig‘ida 263ta holatda noqonuniy ravishda noruda foydali qazilmalarni qazib olish holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi  1-qismi,70-moddasi  4-qismi, 82-moddasi 2-qismi va 82-moddasi 3-qismlariga asosan noruda foydali qazilma bo‘lgan qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish holati yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 263 nafar shaxsga jami 239 mln. 487 ming 940 so‘m jarimalar qo‘llanilgan.

Top