14:12 / 12.08.2019
23996

Singlisiga yordam berishga uringan test nazoratchisi o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdi

Foto: KUN.UZ

Samarqandda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan imtihonlar davomida nazoratchilardan biri o‘z singlisiga yordam berishga urinayotgan vaqtda qo‘lga tushgan edi. 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarda yuqoridagi qing‘irlikka qo‘l urgan aka o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishdan ketdi. Bu haqida Zarnews.uz yozmoqda.

1993 yil tug‘ilgan T.F. Samarqand shahridagi 72-umumta'lim maktabida direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U test imtihonlariga nazoratchi etib tayinlangan va bundan foydalanib, o‘z singlisiga yordam berishga uringan. Singlisining savollarini telefonda videoga olishga uringan T.F. qo‘lga tushgan.

T.F. 9 avgust kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. T.F.ga imtihonlar vaqtida qilgan qing‘irligi uchun qanday chora ko‘rilgani aniq emas.

Top