21:48 / 12.08.2019
10906

Turkiyaga AQSh harbiylari delegatsiyasi keldi

Foto: AFP 2019 / Omar Haj-Kadour

Turkiya mudofaa vazirligi Shonliurfa viloyatiga olti nafar amerikalik harbiy kelganini tasdiqladi. Ular Qo‘shma operatsiyalar va Suriya shimolidagi rejalashtirilayotgan xavfsizlik hududi bo‘yicha koordinatsion markazda ish olib borishadi.

Bir oz avval Haberturk telekanali Shonliurfaga 90 nafar amerikalik harbiy kelganini xabar qilgandi.

"AQSh bilan hamkorlikda Qo‘shma operatsiyalar va Suriya shimolidagi rejalashtirilayotgan xavfsizlik hududi bo‘yicha koordinatsion markaz tashkil etish ishlari boshlandi. Dastlabki tayyorgarlik doirasida Shonliurfaga olti kishidan iborat AQSh delegatsiyasi tashrif buyurdi. Markaz yaqin kunlarda ish boshlashi rejalashtirilgan", - deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Avvalroq Anqarada Suriya shimolida xavfsizlik hududi tashkil etish bo‘yicha Turkiya-AQSh muzokaralari yakuniga yetgandi. 

Top