9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:41 / 13.08.2019 10635

460 000 000 so‘mlik firibgarlik. IIBB valuta bilan bog‘liq jinoyat haqida xabar berdi

Foto: REUTERS

Poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli A.U. murojaat qilib, o‘z arizasida 34 yoshli I.N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, I.N. A.U.ga 460 000 000 so‘m pullarni bankdan "arzon" narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65.700 AQSh dollarini olib berishini va'da qilgan. U I.N.ga ishonib, 2019-yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 000 000 so‘m pulni berib yuborgan. Ammo I.N. va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt bo‘yicha I.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli fuqarolar va shahrimiz mehmonlari! O‘z pullaringizni yordam bermoqchi bo‘lgan har kimga ham ishonib berishga shoshilmang. Yodda tuting: firibgarlar sizning ishonuvchanligingizdan foydalanishlari mumkin”, - deyiladi IIBB xabarida.

Top