9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:59 / 13.08.2019 3991

AQSh Xitoy mahsulotlariga boj kiritishni ortga surdi

Foto: AP Photo / Brian Snyder/File Photo

Qo‘shma Shtatlar Xitoyning ayrim mahsulotlariga 10 foizlik boj joriy etishni 15 dekabrgacha ortga surdi. Bu haqda AQSh savdo vakolatxonasi xabar qildi.

"Savdo vakolatxonasining ommaviy izohlar va tinglovlari jarayoni doirasida boj kiritishni ma'lum moddalar bo‘yicha 15 dekabrgacha ortga surishga qaror qilindi. Ushbu guruhga masalan, uyali telefonlar, portativ kompyuterlar, videoo‘yin konsollari, ayrim o‘yinchoqlar, kompyuter monitorlari, ayrim poyabzal va kiyimlar kiradi", - deyiladi xabarda.

Savdo vakili boj kiritilmaydigan mahsulotlar hajmi qanchaligini aytmadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan Xitoyning 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga 10 foizlik boj kiritilishini ma'lum qilgandi.

Top